Maxfiylik siyosati
GymBro — fitnes, kaloriya va mashg'ulotlarni kuzatish ilovasi. Oxirgi yangilanish: 14-oktabr, 2026.
Qisqacha
- Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi. Ilovada reklama va kuzatuvchi (tracker) yo'q.
- Ma'lumotlar Google Firebase bulutida saqlanadi va faqat ilova ishlashi uchun ishlatiladi.
- Natija rasmlari ("oldin / keyin") faqat telefoningizda saqlanadi — internetga yuklanmaydi.
- Hisobingizni va barcha ma'lumotlaringizni istalgan payt ilovaning o'zida o'chirishingiz mumkin.
Qanday ma'lumot to'planadi
| Ma'lumot | Nima uchun | Kim ko'radi |
|---|---|---|
| Email va parol | Hisobga kirish (parol shifrlangan holda Firebase'da) | Hech kim |
| Ism | Jamiyat bo'limida va qidiruvda ko'rinadi | Ilova foydalanuvchilari |
| Yosh, jins, bo'y, vazn, maqsad, tana o'lchamlari | Kunlik kaloriya me'yorini hisoblash | Faqat siz |
| Ovqat kundaligi, mashg'ulotlar, suv, qadamlar | Hisobot, grafik va tavsiyalar | Faqat siz |
| Postlar, rasmlar, izohlar, like va obunalar | Jamiyat bo'limi | Ilova foydalanuvchilari |
| Shaxsiy xabarlar | Chat | Faqat suhbatdagi ikki kishi |
| Haftalik qadamlar va mashg'ulotlar soni | Reyting — faqat "Qatnashish" ni bosgan bo'lsangiz | Sizga obuna bo'lganlar |
| Qadamlar, uyqu, tinch holatdagi puls, vazn va faol kaloriya (Health Connect) | Faqat siz "Telefondan olish" yoki "Soat va sog'liq" bo'limida ruxsat bergan turlari o'qiladi: qadamlar va uyqu kundaligingizga, vazn o'lchovlar tarixiga yoziladi, puls va faol kaloriya faqat ekranda ko'rsatiladi. GymBro Health Connect'ga hech narsa yozmaydi | Faqat siz |
| AI maslahatchiga savollar | Javob olish uchun savol va bugungi kundalik (kaloriya, BJU, ovqatlar, maqsad) Google Gemini AI'ga yuboriladi. Suhbat tarixi faqat telefoningizda saqlanadi | Hech kim (faqat AI javob beradi) |
| Telegram chat ID | Parolni Telegram orqali tiklash — faqat Telegram'ni ulagan bo'lsangiz | Faqat GymBro bot serveri |
Ruxsatlar
- Kamera — faqat shtrix-kodni skanerlash va rasm olish uchun, siz tugmani bosganingizda.
- Bildirishnomalar — siz yoqqan eslatmalar (suv, ovqat, mashg'ulot). Ular telefonning o'zida rejalashtiriladi.
- Health Connect — faqat siz ruxsat bergan turlarni (qadamlar, uyqu, puls, vazn, faol kaloriya) o'qish; yozish yo'q. Ruxsatni istalgan payt Health Connect sozlamalarida bekor qilishingiz mumkin.
- Internet — ma'lumotlarni bulut bilan sinxronlash va jamiyat bo'limi uchun.
Uchinchi tomon xizmatlari
- Google Firebase (Authentication, Firestore) — hisob va ma'lumotlarni saqlash.
- Open Food Facts — shtrix-kod yoki ovqat nomi bo'yicha qidirganingizda, faqat shu kod yoki so'z yuboriladi (shaxsiy ma'lumot emas).
- Google Gemini — AI maslahatchiga savol berganingizda (savol va kundalik ma'lumotlari).
- Telegram — parolni tiklash kodi yuborilganda.
Hisobni o'chirish
Ilovada: Profil → Hisob va maxfiylik → Hisobni o'chirish. Parolingizni kiritib tasdiqlaganingizdan so'ng profilingiz, postlar (rasm va izohlari bilan), obunalar, yuborgan xabarlaringiz, kundalik va hisobning o'zi darhol butunlay o'chiriladi. Telefondagi ma'lumotlar ham tozalanadi.
Muhim eslatma
GymBro'dagi hisob-kitoblar (kaloriya, BJU, menyu) taxminiy va AI maslahatchi javoblari taxminiy bo'lib, tibbiy maslahat o'rnini bosmaydi. Sog'lig'ingizda muammo bo'lsa, shifokor yoki dietolog bilan maslahatlashing. 16 yoshdan kichik foydalanuvchilar ilovadan ota-ona ruxsati bilan foydalanishi tavsiya etiladi.
Aloqa
Savol va takliflar uchun: t.me/gymbrouz_uz